
"Ko'k-anorranglilar" xo'jayini u har doim ikki qarama-qarshi lager o'rtasida murosa tarafdori bo'lganini takidlab, Superliganing barcha ishtirokchilarini Evropa futbolining bosh organi bilan muloqotga qaytishga chaqirganini bildirdi.
"Bilasizmi, biz har doim Superliga va UEFA o'rtasida ko'prik o'rnatish tarafdori bo'lganmiz. "Barselona"ning poziciyasi aniq va buni barcha manfaatdor tomonlar hamda masullar bilishadi. Biz murosaga erishish tarafdorimiz, chunki Superligada ishtirok etayotgan klublarning UEFAga qaytishi uchun birgalikda oldinga siljish uchun joy bor. Biz o'zimizni UEFAga juda yaqin his qilyapmiz. Biz u erda bo'lishimiz va kuchayish uchun hammasini amalga oshirishimiz muhim", – dedi Laporta.