iks
ads

Islom birdamlik o'yinlarida futzal taqvimi tasdiqlandi

  • Mr.NoBoDy 01.11.2025 13:56
  • 261
  • 30

Noyabr oyining birinchi yarmida jahon sport jamoatchiligining diqqat etibori Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga qaratilgan bo'ladi.

4-21 noyabr sanalarida 23 sport turini o'zida jamlagan VI Islom birdamlik o'yinlari muxlislarga unutilmas lahzalarni tortiq etadi.

Kecha Islom Birdamligi O'yinlarini ochib beruvchi futzal musobaqasi taqvimi tasdiqlandi. Unga ko'ra jamoalar 2 noyabr sanasiga Ar Riyod shahriga etib kelib, mashg'ulotlarga kirishishi mumkin. O'sha kuni jamoa rasmiylari ishtirokida yig'ilish ham bo'lib otadi. Guruh bosqichi bahslari 4 noyabrda start oladi. Ikkinchi va uchinchi tur uchrashuvlari 6-8 noyabr sanalariga rejalashtirilgan.

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallagan jamoalar 9 noyabr kuni yarim finalda kuch sinashadi. 11 noyabrda 3-o'rin uchun bahs hamda final o'yinining guvohiga aylanamiz. 

Quyida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinlari taqvimi bilan tanishing:

1-tur. 04.11.2025-yil, soat 19:00 – 21:30. Saudiya Arabistoni – O'zbekiston

2-tur. 06.11.2025-yil, soat 16:00 – 18:30. O'zbekiston – Ozarbayjon

3-tur. 08.11.2025-yil, soat 16:00 – 18:30. O'zbekiston – Liviya

Ўхшаш янгиликлар