
Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov, O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov, keng jamoatchilik va futbol muxlislari ishtirok etishdi.
Tadbirda so'z olgan viloyat hokimi Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasi ochilishini yurtimizda futbolning kelajagiga qo'yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri ekanligini aytib, bu erda talim-tarbiya olgan yoshlar jahon futbol maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, viloyatimizning bir qator futbol fidoyilari O'FA tomonidan "O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun" ko'krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shundan so'ng akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Malumot uchun, akademiya hududida zamonaviy o'quv va mashg'ulot binolari, fitnes va tiklanish markazlari, tibbiy xizmat xonalari, yotoqxona, oshxona hamda suniy qoplamali va tabiiy futbol maydonlari barpo etilgan bo'lib, bu infratuzilma yoshlarimizga xalqaro standartlarga mos sharoitlarda shug'ullanish imkonini yaratadi.




























