
"Friday’s Breakfast" shousida O'Xara "Tottenxem"ni "Chelsi"dan kattaroq klub ekanligini aytgandi.
Shou vaqtida Terri boshlovchi Gabriel Agbonlaxorga ovozli xabar qoldirgan.
"O'Xara nimalar deyapti?
Hatto "Tottenxem" va "dunyo masshtabidagi klub" so'zlarini birga ishlatib bo'lmaydi-ku.
"Tottenxem" haligacha mavsumoldi yig'inlarini Shimoliy Londonda olib boradi. Buni qabul qilib bo'lmaydi.
Undan tashqari, "Tottenxem" shanba kuni "Chelsi"ga qarshi bo'ladigan o'yiniga taklif qildi. O'yin 17:30da boshlansa, meni 17:29ga kelishimni so'rashdi. Ular shu orqali meni sovrinlar zalini aylantirishini aytishdi.
Do'stim, ko'ryapsanmi, biz ulardan qanchalik uzoqdamiz", - dedi Terri.
39 yoshli O’Xara 2005-2011 yillarda "Tottenxem" asosiy jamoasida o'ynagan, biroq 4 marta boshqa klublarga ijaraga berilgan.
44 yoshli Terri esa 1998-2011 yillarda "Chelsi" tarkibida harakat qilgan.
Ushbu asrda "Chelsi" 23, "Tottenxem" esa 2 sovrinni qo'lga kiritgan.