
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida Roberto Murgite tayinlandi, unga Domeniko Krishito yordam beradi.
"Klub murabbiy va uning shtabi vakillariga professionallik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilab qoladi", — deyiladi xabarda.
Viyera 2024 yil noyabr oyidan buyon "Jenoa"da ishlab kelayotgandi. Klub Italiya chempionatining 9 o'yinida 3 ochko jamg'arib, 20-o'rinni band etib turibdi.