iks
ads

Stiven Jerrard Chempionship jamoasini boshqarishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 11.11.2025 10:08
  • 675
  • 30

"Liverpul" va Angliya terma jamoasining 45 yoshli sobiq futbolchisi Stiven Jerrard Chempionship vakili "Midlsbro" bosh murabbiyi lavozimiga ko'rib chiqilmoqda, deb xabar beradi The Sun,

Klub rahbariyati Rob Edvardsning o'rniga yangi bosh murabbiy qidirishni boshladi. Nomzodlar ro'yxatida "Bornmut" va "Vulverxempton" klublarining sobiq bosh murabbiyi Gari O'Nil ham bor. Yakuniy qaror kelasi hafta boshida chiqishi kutilmoqda.

Jerrard murabbiylik faoliyatini 2018-yilda Glazgo Reynjersda boshlagan va u erda uch yil o'tkazgan va jamoani 2021-yilgi liga chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonida “Al-Ittifoq” bilan ikki yil ishlagan. 

Angliyaning ikkinchi eng muhim divizionida 15 turdan so'ng "Midlsbro" 29 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar