iks
ads

Nagelsmann Germaniyaning noyabr oyidagi yig'inidan tajriba maydoni sifatida foydalanish niyatida emas

  • Mr.NoBoDy 11.11.2025 11:48
  • 539
  • 30

Jahon chempionati saralash bosqichi boshida Slovakiyaga kutilmaganda mag'lub bo'lganidan so'ng Germaniya o'z guruhida birinchi va ikkinchi o'rinlarni bo'lishib turibdi.

"Bundestim" o'z guruhida g'alaba qozonishga intiladi, bu haqda bosh murabbiy Yulian Nagelsmann takidladi.

Germaniyalik murabbiy Lyuksemburg va Slovakiyaga qarshi bo'lajak o'yinlarda tarkib bilan tajriba o'tkazmasligini aniq aytdi, chunki endi Germaniyaning xato qilishga haqqi yo'q.

"Eng muhimi, bu o'yinlarda muvaffaqiyat qozonish, 6 ochko to'plash va Jahon chempionatiga yo'llanma olish. Yana xato qilishga haqqimiz yo'q. Aytganimdek, biz boshlang'ich sharoitlarimizni yaxshiladik, ammo hali vazifani bajarishimiz kerak", – dedi Nagelsmann.

Oxirgi o'yinda Germaniya Shimoliy Irlandiya ustidan kichik hisobda g'alaba qozondi (1:0).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar