
"Nafaqaxo'rlar"ning so'nggi transfer maqsadi allaqachon katta shov-shuvga sabab bo'lmoqda.
"Caught Offside" malumotlariga ko'ra, "Chelsi" "Komo" yarim himoyachisi Niko Pasga ko'z tikdi. London klubi allaqachon Italiyaga argentinalik futbolchi borasida so'rov yuborgan.

21 yoshli pleymeykerning narxi 100 million evroga etdi, ammo har qanday kelishuv "Real" Pasni sotib olish imkoniyatiga ega ekanligi va futbolchining 50% huquqlarini saqlab qolganligi bilan murakkablashadi. "Qaymoqranglilar" yosh futbolchini kuzatib bormoqda va uni "Santyago Bernabeu"ga qaytarishi mumkin.