
Klub afsonasi Rio Ferdinand bu muvaffaqiyatda jonbozlik ko'rsatganlarni alohida takidladi.
Yangi darvozabon Senne Lammens ulardan biri ekanligi ajablanarli emas, chunki uning kelishi bilan jamoaning natijalari yuqoriga ko'tarildi.
"Hozirda bir nafar asosiy o'yinchi bor deb o'ylamayman. Matteys de Ligt — ushbu mavsumdagi eng yaxshi himoyachimiz. U nafaqat ishonchli o'yini bilan, balki muhim gollarni urishi bilan ham ajralib turibdi. Brayan Mbeumo — shunchaki ajoyib. U hujumda haqiqiy etakchiga aylandi va to'pni ushlab turishga, vaziyatlar yaratishga, o'zi gol urishga qodir. Va, albatta, darvozabonsiz bu muvaffaqiyat haqida gapira olmasdik. Uning kelishi bilan bizda ishonch paydo bo'ldi. Futbolchilar unga ishonishadi va bu natijalarda yaqqol ko'rinib turibdi", – dedi Ferdinand.