
Yamal 2025 yilgi "Oltin to'p" uchun ovoz berishda ikkinchi o'rinni egalladi, biroq so'nggi oylarda maydondan tashqaridagi xatti-harakatlari uchun qattiq tanqid ostiga olindi.
"Yamal - juda yaxshi futbolchi, lekin uning muammosi shundaki, agar u shaxsiy hayotida o'zini sportchidek tutmasa, hozirgi darajasida uzoq vaqt futbol o'ynay olmaydi. Bunday hayot bilan Yamal cho'qqida uzoq turolmaydi U shaxsiy hayotini to'g'irlashi kerak.
Yamal maydonda ajoyib ishlarni amalga oshirishga qodir, buni hamma biladi. Biroq bu iqtidorni to'g'ri yo'lda ishlatish lozim", - deb fikr bildirdi murabbiy.