iks
ads

Karlo Anchelotti 40 yoshli Modrichning "Milan"da o'ynayotgani haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 14.11.2025 21:00
  • 3488
  • 30

"Real" sobiq ustozi Karlo Anchelotti jamoada o'ynagan Luka Modrichning 40 yoshida ham yuqori sifatli o'yin ko'rsatayotgani haqida gapirdi.

Yozda "Real"dan ketgan xorvatiyalik yarim himoyachi erkin agent sifatida "Milan" bilan shartnoma imzoladi.

- Uning yuqori darajadagi faoliyatini davom ettirayotganidan xursandman va bu men uchun kutilmagan holat bo'lmadi. U yaxshi o'yin ko'rsatishini bilardim, chunki uning maqsadi bor - jahon chempionati. U har haftada o'ynasa ham, "Real"daligimda birorta mashg'ulotni o'tkazib yubormasdi.

- Buni u qay tariqa uddalardi?

- Genetika va o'z ishiga jiddiy qarash. Barchasi shunday oson.

- U rostdan ham fenomenmi yoki A Seriya qari futbolchilar uchun makonmi?

- Hazillar kerak emas. U hali ham yuqori darajadagi futbolchi, dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri.

Klub unga yana bir mavsumlik shartnoma taklif qilmoqchi ekanligini o'qidim, u hali muammosiz yana bir mavsumni yuqori darajada o'tkaza oladi, - dedi Anchelotti.

Ўхшаш янгиликлар