iks
ads

Al Ain Cup. Oston O'runov porlagan oqshomda O'zbekiston Misrni mag'lub etdi, finalda yana Eron bilan o'ynaymiz

  • Mr.NoBoDy 14.11.2025 23:00
  • 301
  • 30

Al Ain Cup yarim finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Misr uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Al Ain Cup yarim finali

O'zbekiston – Misr 2:0 (TUGADI)

Abu-Dabi. "Xazza bin Zaid" stadioni. 21:00

Hakamlar: Ahmed Eysa, Ali Rashid Al Nuaimi, Said Al Marzuki, Omar Fairuz

Gol: Oston O'runov 3, 1:0, Os ton O'runov (Otabek Shukurov) 43, 2:0

O'zbekiston: 12.Abduvohid Nematov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov (Farruh Sayfiev,90), 7.Otabek Shukurov (Dostonbek Hamdamov, 69), 9.Odil Hamrobekov, 10.Aziz G'aniev ( Akmal Mozgovoy, 53), 11.Oston O'runov (Hojimat Erkinov, 53), 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Eldor Shomurodov, 18.Abdulla Abdullaev, 23.Husniddin Aliqulov ( Rustam Ashurmatov, 90)

Zaxira: Botirali Ergashev, Vladimir Nazarov, Umar Eshmurodov,Aziz Turg'unboev, Jamshid Iskanderov, Husayn Norchaev, , Igor Sergeev.

Misr: Mohamed Daader, Mohamed Eldermerdash, Ramiy Rabia, Mohamed Gali, Mostafa Abdalla, Mohamed Sharafeldin, Hamdi Abdelfatah, Marvan Gallab, Ahmed Saed, Marvan Mohamed, Muhammad Salah

Zaxira: Ahmed Elshenavi, Xaled Zeid, Xossam Abdelmuhsin, Salah Shalabi, Ahmed Mohamed, Mohamed Mahmud, Nabil Ali, Taxer Mahmud, Mahmud Abdelsabur, Mostafa Shoubir


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'ZGARISH. O'zbekiston, Xojiakbar Alijonov o'rniga Farruh Sayfiev, Husniddin Aliqulov o'rniga Rustam Ashurmatov tushdi.

89. Nasrullaevning uzatmasidan keyin Erkinov zarba yo'lladi. Xavfli chiqdi.

85. Abduvohid Nematov to'pga chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.

79. SEYV. Abduvohid Nematov raqib futbolchisining zarbasini qaytardi, ikkinchi urinishda ushlab oldi.

77. Terma jamoamiz ko'proq hisobni ushlash ilinjida harakat qilmoqda.

72. ZARBAAAA. Shomurodov qanotdan kelgan to'pni ikkinchi qavatda boshi bilan darvozaga zarbaga aylantirdi. Noaniq.

69. O'ZGARISH. O'zbekiston, Otabek Shukurov o'rnida Doston Hamdamov o'yinni davom ettiradi.

65. O'yin tempi pastroq. 

61. SEYV. Abduvohid Nematov Misr futbolchisi Muhammad Mustafoning boshi bilan yo'llagan zarbasini kiperimiz qiyinchilik bilan qaytardi.

59. Muhammad Salahning jarima maydonchasiga bergan uzatmasiga Nematov chiqib keldi. 

53. O'ZGARISH. O'zbekiston, Oston O'runov o'rniga Xojimat Erkinov, Aziz G'aniev o'rniga Akmal Mozgovoy tushdi.

46. Misr ko'proq to'p bilan muomala qilyapti. Bu yaxshi signal emas. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+1. Abduvohid Nematovdan seyv. U raqib futbolchisining kuchli zarbasini qaytardi. 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. OSTOOOON O'RUNOOOOOV. Birinchi bo'limda bu bolani hech kim to'xtata olgani yo'q. Shukurovning uzatmasini o'ziga to'g'irlab olgan Oston raqib darvozabonini ham aldadi va gol urdi. Oston misrliklarning tushiga kirib chiqsa kerak.

42. ZARBA. Misr yarim himoyachisi Marvan Mohamed uzoqdan zarba yo'lladi. Zarba o'ta noaniq.

33. ZARBAAAA. Oston O'runov birinchi goldagi kabi raqib himoyasini yorib kirib zarba berdi. Bu vaziyat qahramoni Misr darvozaboni. 

30. Oston O'runovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Uni boshqachasiga to'xtatib bo'lmayaptida o'ziyam.

28. Misr jarima maydonchamiz ichiga kirib bordi. Zarbani Nematov ushlab oldi. 

28. Eldor Shomurodov qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Terma jamoamizning o'yini dadilroq chiqyapti. Yarim himoyachilarimiz ham zo'r o'ynayapti.

24. Yana Oston O'runov chap qanotdan raqiblarni ortda qoldirib kirib bordi. Uning uzatmasiga yakun yasaydigan futbolchi topilmadi.

19. Oston O'runov to'qnashuvda jarohat oldi. Unga shifokorlar yordam berdi va u maydonga qaytdi. 

17. ZARBAAAA. To'pni mohirona qabul qilib olgan Eldor Shomurodov bitta harakat bilan aldab zarba berdi. Misrlik kiper qiyinchilik bilan bu to'pni qaytardi. Uchinchi xavfli vaziyat.

15. UUUUX. O'zbekiston terma jamoasidan xavfli hujum. Oston O'runov to'pni darvozabonning ustidan o'tkazib gol urmoqchi edi. To'p darvoza to'siniga tegdi. Misr bilan ilk daqiqalardan ishonchli o'ynamoqdamiz.

8. Misrdan xavfli hujum. Jarima maydonchamiz ichida yo'llangan zarbani Nematov qaytardi. 

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. OSTOOOON O'RUNOOOOV. O'zbekiston terma jamoasi pressingda to'pni olib qo'ydi. Oston O'runov o'z uslubida gavdasi bilan raqib himoyachilarini aldab jarima maydonchasiga kirib bordi va Misr darvozasini ishg'ol qildi.

- Uchrashuv boshlandi.

- O'yin boshlanishiga barcha narsa shay.

Ўхшаш янгиликлар