iks
ads

FIFA JCH-2026 qur’asida kimlar boshlovchilik qilishini e’lon qildi

  • Mr.NoBoDy 03.12.2025 16:55
  • 340
  • 30

Model Xaydi Klum va komik Kevin Xart 2026 yilgi jahon chempionati qur’a tashlash marosimining boshlovchilari bo‘ladi, tadbirda shou-biznes yulduzlari - opera tenori Andrea Bochelli, shuningdek, mashhur qo‘shiqchilar Robbi Uilyams va Nikol Sherzinger chiqish qiladi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

JCH-2026 qur’asi 5 dekabr, juma kuni Vashingtondagi Jon Kennedi nomidagi San’at markazida bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti - Toshkent vaqti bilan 20:00.

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilda janubiy amerikaliklar jahon chempionati finalida Fransiyani mag‘lub etishgandi. O‘yinning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida argentinaliklarning qo‘li baland kelgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar