
Mehmonlar himoyachisi Milan Shkrinyar 64-daqiqada hisobni ochdi. Bertug' Yildirim 81-daqiqada bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi va jamoasiga durang taqdim etdi.
“Bashakshexir” safida hujumchi Eldor Shomurodov 90 daqiqa harakat qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushiB, 71-daqiqada almashtirildi. Hamyurtimiz shuningdek 46-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

