
Ishtiyoqim yo'qoldi, juda ham hafsalam pir bo'lgan. Men bu klub uchun juda ko'p ish qildim — yillar davomida buni hamma ko'rdi, ayniqsa o'tgan mavsum. Zaxirada o'tirish… nega bunday bo'layotganini bilmayman. O'zimni klubning 'qurbonligiga aylanganimni his qilyapman. Men shunday sezayapman.
Bir necha bor aytganman — murabbiy bilan munosabatlarimiz yaxshi edi, lekin birdaniga bu munosabatlar yo'q bo'lib qoldi. Nega bunday bo'lganini bilmayman.
Ochiq aytsam, bu men uchun qabul qilib bo'lmaydigan holat. Nega doim men bilan shunday bo'lishini tushunmayman. Go'yo hamma narsada Mo aybdor, chunki “muammo” Mo. Men o'zimni muammo deb hisoblamayman.
Kecha onam bilan gaplashdim va unga keyingi o'yinga kelishini aytdim, chunki bu klubdagi mening oxirgi o'yinim bo'lishi mumkin. Nima bo'lishini ko'ramiz, o'yindan zavq olishni o'ylayapman, chunki keyin nima bo'lishini bilmayman. O'yin “Enfild”da bo'ladi, demak bu Afrika kubogiga jo'nashimdan oldingi xayrlashuvim bo'ladi.