
Ayni kunlarda Vashingtonda 2026 yilgi Jahon chempionati ishtirokchi mamlakatlarining delegasiyalari va mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Xususan, jamoalarga xizmat ko‘rsatish, logistika, mehmonxonalar bilan ishlash, kommunikasiya, xavfsizlik, media, marketing va teletranslyasiya kabi yo‘nalishlarda FIFA tomonidan ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Mazkur seminarlarda O‘FA mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.