
Bu argentinalik hujumchining faoliyatidagi 48 ta sovrini bo'ldi. Shu tariqa, Messi sovrin yutish bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan rekordni yangilashda davom etmoqda.
Undan keyingi o'rindan Messining "Barselona"dagi sobiq sherigi Dani Alves turibdi. Braziliyalik futbolchi faoliyati davomida 45 ta sovringa ega chiqqan.
Malumot uchun, Leo "Barselona" bilan 35, PSJda 3 ta va "Inter Mayami"da esa 4 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Shuningdek, Argentina milliy jamoasi bilan 6 marta kubokni qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, Messi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 41 o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urgan va 23 assistni qayd etgan.