
Himoyachi "Neftchi" bilan yangi shartnoma imzolagan. 34 yoshli himoyachiga "Lokomotiv", "Navbahor" va "Nasaf" jamoalaridan takliflar bo'lishiga qaramasdan "Neftchi"da qolishga qaror qilgan.
Sayfiev yakunlangan mavsumda "Neftchi" safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etgandi.
