"Roma" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga urinib ko'radi

  • Mr.NoBoDy 13.05.2025 20:00
  • 117
  • 30

Vaziyatni Evropadagi yirik klublar kuzatib bormoqda.

Italiyaning "Roma" jamoasi o'zining asosiy o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirish uchun harakat qilmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning malum qilishicha, "jalorossi" rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Mile Svilar bilan 2030 yil iyun oyining oxirigacha yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashni xohlamoqda. Shartnoma yaxshilangan moliyaviy shartlar asosida tuziladi.

Shuningdek, Serbiya milliy terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi bilan bog'liq vaziyatni Evropaning nufuzli klublari – Londonning "Chelsi" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari diqqat bilan kuzatayotgani takidlanmoqda. Uning "bo'rilar" bilan hozirgi bitimi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Mile Svilar joriy mavsum "Roma" libosida 48 o'yin o'tkazib, shulardan 18 tasida darvozasi daxlsizligi saqlab qoldi. Transfermarkt portali posbonni 17 mln evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar