"Paxtakor"ga 6:3 hisobida mag'lub bo'lgan "Nasaf" guruh bosqichida qolib ketdi. Amaldagi O'zbekiston chempioni o'tgan yili ham kubokni erta tark etgandi.
Avvalroq, amaldagi O'zbekiston kubogi sohibi "Andijon" ham ikki turda ikki marta mag'lub bo'lib, O'zbekiston kubogi guruh bosqichida qolib ketishi malum bo'lgandi.
Shu tariqa, O'zbekiston kubogi pley-off bosqichi amaldagi chempion va kubok sohibisiz o'tadi.