Fakt: "Dinamo" Samarqandda 17 yildan buyon "Nasaf"ni yuta olmayapti

  • Mr.NoBoDy 06.07.2025 11:48
  • 90
  • 30

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuviga qiziqish yuqori.

Jamoalar shu kunga qadar Superligada 44 marta to'qnashgan.  Tarixiga nazar tashlasak, ustunlik mutlaqo "Nasaf" tomonida. "Ajdarlar" 23 uchrashuvda g'alaba qozongan, "Dinamo" 8 bor zafar quchgan, 13 bellashuv durang bilan yakunlangan.

Samarqandda o'tgan 22 uchrashuvdan 8 tasida "Nasaf" g'alaba qozongan, 5 o'yinda esa mezbonlar — "Dinamo" 3 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Qolgan 9 bellashuvda jamoalar bir ochkodan bo'lishib olgan.

Qizig'i shundaki, "Dinamo" raqibini o'z uyida oxirgi marta 2008 yilda mag'lub etgan — o'shandagi 3:0 hisobidagi g'alaba qayd etilgan. Bugungi uchrashuv 20:00 Samarqanddagi "Dinamo" stadionida bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar