"Gremio Desportivo Prudente" jamoasi futbolchisi Kelsi kecha bo‘lib o‘tgan Paulista kubogi o‘yinida gol urdi. 30 yoshli Kelsi 11 metrlik jarima zarbasidan dastlab foydalana olmadi, biroq darvozabondan qaytgan to‘pga darhol qayta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi.
Goldan so‘ng his-hayajonga berilib ketgan Kelsi uni Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlashga qaror qildi. Ammo bu yaxshilik bilan yakunlanmadi - tajribali futbolchi sakragandan keyin yerga noqulay tushdi. Kelsining tizzasi jiddiy shikastlangan bo‘lishi mumkin degan taxmin bor.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" jamoasi bilan shartnomani keyingi ikki mavsumga uzaytirgan edi.