"Manchester Yunayted" klubi Antoni, Markus Reshford, Jeydon Sancho, Alexandro Garnacho va Tayrel Malasiaga mahalliy vaqt bilan soat 17:00 ga qadar klub bazasiga kirishni taqiqladi.
Manbaga ko'ra, ushbu futbolchilar jamoa bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazish huquqidan ham mahrum etilgan. "Qizil iblislar" bu yo'l bilan mazkur o'yinchilarga klubning ularga endi umid bog'lamasligini va jamoani tark etishlari kerakligini anglatmoqda.
Shu bilan birga, klub ichida bu qarorni qo'llab-quvvatlamayotganlar ham bor. Ular bunday yondashuv Antoni, Reshford, Sancho, Garnacho va Malasia kabi futbolchilarning transfer qiymatini pasaytiradi, deb hisoblashmoqda.
Biroq klubda ushbu chora-tadbirlarni maqullovchi xodimlar ham yo'q emas. Ularga ko'ra, bu qaror bosh murabbiy Ruben Amorim qo'ygan yuqori intizomiy mezonlarga javob beradi.