Terma jamoamiz azosi Izzatillo Po'latov oldindagi o'yinlar va raqiblar haqida fikrlarini bildirdi.
"Saudiya Arabistoni bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlab oldik. Ularni o'rganishni boshlaganmiz. Xudo xohlasa, xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Bunday o'yinlarga ancha vaqtdan buyon chanqoq bo'lib turibmiz",- deydi Izzatillo Po'latov.
- Saudiya Arabistoni qanchalik o'rganilmoqda?
Raqib jamoani asta-sekin o'rganib bormoqdamiz. Kuchli va kuchsiz tomonlarini ko'rib chiqyapmiz.
- Guruhdagi ikkinchi kuchli raqib Yaponiya haqida...
Hozircha bor etiborimizni Saudiya Arabistoniga qaratganmiz. Bu to'siqdan muvaffaqiyatli o'tib olsak keyin Yaponiyaga harakatni boshlaymiz.
- Terma jamoada kuchli tarkib shakllangan. Osiyo Kubogida chempionlikni qo'lga kirita olamizmi?
- Osiyo Kubogida chempionlikni qo'lga kiritishga kuchimiz etadi. Xalqimiz qo'llab-quvvatlab tursa barchasiga birgalikda erishamiz.