"L’Equipe" malumotiga ko'ra, 36 yoshli hujumchi hamda Franciya klubi 2 yillik shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishgan. Futbolchi "Al Qodisiya" bilan shartnomasini bekor qilgani sababli erkin agentga aylangan.
Gabonlik hujumchi o'tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatining 32 o'yinida 17 gol va 3 assist qayd etdi.