Yangi bitimlarni yarim himoyachi Braim Dias va markaziy himoyachi Raul Asensio qo'lga kiritadi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
Avvalroq, Madrid klubi darvozabon Tibo Kurtua bilan shartnomani uzaytirgani malum bo'lgandi.
Dias o'tgan mavsum 56 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta assist qayd etdi. Asensio 46 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.