"Superliga va Proliga reglamenti"ga ko'ra, klub rasmiy uchrashuv startiga 20 kun qolguniga qadar stadion masalasini to'liq hal qilishi lozim. Shundan kelib chiqib, Xorazm o'z stadioni tayyor bo'lguniga qadar raqiblarini Olmaliq shahrida qabul qiladi.
Eslatib o'tamiz, "Xorazm" birinchi davradan so'ng 15 ta o'yinda 14 ochko jamg'argan holda jadvalda 13-o'rinda bormoqda.