Di Mariyaning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi

  • Mr.NoBoDy 20.07.2025 07:11
  • 66
  • 30

Argentina chempionatining 2-turida "Rosario Sentral" safarda "Lanus"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Yagona gol 74-daqiqada Anxel Di Mariya tomonidan penaltidan kiritildi. 37 yoshli forvard Argentina klubiga qaytganidan keyingi dastlabki ikki o‘yinda ikkinchi golni urdi. 71-daqiqada mezbonlar Karlos Iskiyerdosning chetlatilishidan keyin 10 kishi bo‘lib qoldi.

Keyingi turda "Rosario Sentral" 26 iyul kuni "San-Martin", "Lanus" esa shu kuni "Sarmyento"ga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар