Messi Ronalduni ortda qoldirdi va jahon rekordini o‘rnatdi

  • Mr.NoBoDy 20.07.2025 08:11
  • 84
  • 30

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Argentinalik futbolchi MLS doirasidagi o‘yinda (5:1) "Nyu-York Red Bullz"ni mag‘lub etishga yordam berdi va ikki bor gol urdi. Endilikda 38 yoshli futbolchining butun faoliyati davomida penaltilarni hisobga olmaganda 764 ta gol bor, bu yangi jahon rekordi hisoblanadi, deb xabar beradi The Touchline portali.

Messi o‘zining azaliy "raqibi" Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi, u o‘yinda 763 ta gol urgan. Umuman olganda, Lionel Messi professional 1114 ta o‘yinda 874 ta gol urgan, 8 karra “Oltin to‘p” sohibi esa jamoadoshlariga 386 marta assistentlik qilgan.

Ўхшаш янгиликлар