"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi yana ikkita gol urdi. Argentinalik futbolchi o‘yinning 60 va 75-daqiqalarida "Nyu-York Red Bullz" darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi.
38 yoshli futbolchi uchun bu chempionatning so‘nggi yetti uchrashuvidagi oltinchi dubl bo‘ldi. Forvard "Monreal" (ikkita o‘yinda), "Kolumbus Kryu", "Nyu-Inglend Revolyushn" va "Neshvill" darvozalariga ikki marta gol kiritdi.
Bu davrda "Oltin to‘p"ning sakkiz karra g‘olibini faqat "Sinsinnati" o‘z o‘rniga qo‘ya oldi – bu o‘yinda "Mayami" 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. MLSning joriy mavsumida to‘purarlar ro‘yxatini 18 ta gol bilan Lionel Messi boshqarib turibdi.