Futbolchi tabrizliklar bilan 2027 yilning 30 iyun sanasiga qadar amal qiladigan shartnomani imzoladi. Odil Hamrobekovning "Bunyodkor" bilan amalda shartnomasi bo'lgani uchun "Traktor" o'zbekistonlik yarim himoyachini transfer qildi. Transfermarkt malumotiga ko'ra, klub "Bunyodkor"ga futbolchi uchun 500 ming evro (7,3 milliard so'm) to'lagan.
29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Superliganing 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.