Bu voqea 20 iyul kuni MLS doirasida "Nyu-York Red Bullz"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda sodir bo'ldi. Mazkur bellashuvda "Inter Mayami" raqibini safarda 5:1 hisobida mag'lub etdi. Messi ushbu uchrashuvda 2 ta gol va 1 ta golli pas bilan ajralib turdi — har ikki gol ham o'yin davomida (penaltisiz) kiritildi.
Shu tariqa, argentinalik yulduzning penaltisiz gollar soni 764 tani tashkil qildi. Ronaldu esa hozircha 763 ta shunday golga ega.
Umuman olganda, Messi 1114 ta rasmiy o'yinda 874 ta gol urgan, shulardan 110 tasi penaltidan. Ronaldu esa 1281 uchrashuvda 938 marta raqib darvozasini ishg'ol etgan, ulardan 175 tasi penaltidan.