Lionel Messi so‘nggi bir necha oy ichida MLSda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Bugun 38 yoshli hujumchi navbatdagi dublini rasmiylashtirdi, shuningdek, uning hisobida bitta samarali pas bor. Mayamiliklar "Nyu-York Red Bullz"ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, argentinalik futbolchi so‘nggi yettita o‘yinda jamoasining 17 ta golida bevosita ishtirok etdi - 12 ta gol va 5 ta golli uzatma. Bir o‘yinda o‘rtacha 2,4 ta golli harakat.
Messi "Neshvill" a’zosi Sem Sarrij bilan birga MLSning joriy mavsumdagi to‘purarlar reytingida yetakchilik qilmoqda - ikkalasi ham 18 ta gol urgan, ingliz 24 ta, Messi esa 18 ta uchrashuv o‘tkazgan.