Messi penaltilarsiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

  • Mr.NoBoDy 20.07.2025 11:22
  • 57
  • 30

Lionel Messi penaltilarni hisobga olmaganda gollar soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

"Inter Mayami"ning 38 yoshli hujumchisi MLSning "Nyu-York Red Bulls"ga qarshi safardagi o‘yinda (5:1) 2 ta gol urdi.

Argentinalik futbolchi har ikki golni ham o‘yindan kiritdi. Ushbu dubl tufayli u penaltilarni hisobga olmaganda gollar soni bo‘yicha "An-Nasr" va Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib, yana bu borada rekordchi bo‘ldi.

Leoning bunday gollari soni 764 taga yetdi, Krishtianuniki esa 763 ta. Messi jami 1114 ta o‘yinda 874 ta gol urgan (shundan 110 tasi penaltidan), Ronaldu esa 1281 ta o‘yinda 938 ta (175 tasi penaltidan) gol kiritgan.

Ўхшаш янгиликлар