"Manchester Yunayted" Bundesligadagi hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy 20.07.2025 12:16
  • 60
  • 30

"Leypcig" forvardi Benyamin Sheshko faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi futbolchi bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi. "Manchester Yunayted" ushbu mablag'ni Sheshko xaridiga yo'naltirish uchun bir necha futbolchisini sotmoqchi.

Sheshko o'tgan mavsum 45 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 6 ta assist qayd etdi. Hujumchining bozor narxi 70 mln evroga baholanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар