Manbaga ko'ra, klub 23 yoshli braziliyalik futbolchiga umid qilmayapti va agar yozgi transfer oynasida uni sota olmasa, shartnomani bekor qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
"Real" 2020 yilda Reyner uchun "Flamengo"ga 30 million evro to'ladi. O'shandan beri u hech qachon madridliklarning asosiy jamoasida o'ynamagan. Yarim himoyachi ijara asosida Dortmundning "Borussiya", "Jirona", "Frozinone" va "Granada" klublarida o'ynagan.
Transfermarkt portali Reynerning bozor narxini 1,5 million evroga baholamoqda. Uning "Real" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.