"Real" Vinisius bilan shartnoma bo'yicha muzokaralarni qayta boshlamoqchi

  • Mr.NoBoDy 20.07.2025 15:56
  • 51
  • 30

"Real" tez orada Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettiradi.

Klub joriy yilning fevral oyida futbolchi bilan bu mavzudagi muloqotni to'xtatgan edi.

Manbaga ko'ra, madridliklarni braziliyalikning maosh bo'yicha so'rovlari qoniqtirmayapti. Norasmiy malumotlarga ko'ra, Vinisius yiliga 20 mln evro maosh olmoqchi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Avvalroq, Vinisius Saudiya Arabistonida 5 yil ichida 1 mlrd evro ishlab topishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ўхшаш янгиликлар