"Milan"ning angliyalik yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik u haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Modrichga qarshi o'ynaganman. Hamma ham "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgani bilan maqtana olmaydi. U yuqori darajadagi futbolchi, ajoyib faoliyat olib borgan va bizga uning tajribasi kerak. U jamoaga ko'p narsa bera olishiga ishonaman", - dedi Ruben Loftus-Chik.
Eslatib o'tamiz, Ruben Loftus-Chik 2023 yildan buyon Italiyaning "Milan" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.