"Atletik" Emerik Laportni transfer qilish ustida ish boshladi.
Insayder Fabricio Romanoning malumotlariga ko'ra, Bilbao klubi "Al Nassr"ga dastlabki og'zaki taklifni bildirgan. Saudiyaliklar hozircha Laportni o'z loyihalarining bir qismi deb hisoblamayaptilar, "Atletik" esa ispaniyalik futbolchini qaytarish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Himoyachi 2012 yildan 2018 yilgacha ushbu klubda to'p surgan, so'ngra "Manchester Siti"ga o'tgan. Laport 2023 yildan beri "Al Nassr" safida o'ynamoqda - uning shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.