Mavsumning birinchi davrasini "Paxtakor" safida o'tkazgan hujumchi Ulug'bek Hoshimov "Dinamo"ning davralar oralig'idagi dastlabki transferiga aylandi. 24 yoshli forvard Samarqand klubi bilan rasman 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Hoshimov ayni damda "Dinamo"ning Belarusdagi yig'inida ishtirok etmoqda.
O'zbekiston olimpiya jamoasida to'p surgan Ulug'bek Hoshimov o'tgan yillar davomida "Neftchi", "Surxon", "Paxtakor" klublari sharafini himoya qildi.
Malumot uchun, Ulug'bek Hoshimov "Dinamo"ga o'tayotgani haqida 11 iyul kuni xabar qilingandi.