"Manchester Yunayted" shanba kuni "Lids" bilan o'rtoqlik uchrashuvida durang o'ynadi (0:0). Amad Diallo ushbu o'yindan keyin yangi mavsum bo'yicha fikr bildirdi.
"Agar beshta kuchli jamoa safiga kirsak, mavsumni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin. Umid qilamanki, mavsum yakunida kuchli beshlikka kira olamiz, chunki bunga loyiqmiz deb o'ylayman.
Muxlislar sabr-toqat qilishlari kerak deb hisoblayman. Bizda yangi murabbiy, yangi futbolchilar va yangi taktika bor. O'tgan mavsum jamoa uchun uncha omadli bo'lmaganini ham bilamiz. Ammo bu mavsumda yangi murabbiy bilan ko'p yutuqlarga erishamiz deb o'ylayman va umid qilamanki, mavsum oxirigacha ko'p natijalarga erishamiz," - dedi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi.