Superliga. "Nasaf" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini Farg'onada qabul qilib oldi

  • Mr.NoBoDy 11.08.2025 21:08
  • 81
  • 30

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 18-tur

"Neftchi" – "Nasaf" 1:0

11 avgust 2025 yil. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Umid Rahimjonov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR: Axrol Risqullaev

AVAR: Sherzod Azamov

Gol: Jamshid Iskanderov 28 penalti, - 1:0. 

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev (24.G'ulom Haydar Gulyamov, 85), 7.Abror Ismoilov (11.Quvondiq Ro'ziev, 79), 9.Joel Kojo (77.Bilol Toshmirzaev, 63), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (70.Silvanus Nimeli, 63), 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 8.Vladimir Yovovich, 30.Omadillo Abdumannopov, 32.Zoran Marushich, 33.Shohrux Yoqubjonov, .

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (20.Yusuf Otubanjo, 35), 10.Dragan Cheran, 18.Husayn Norchaev, 24.Sardorbek Bahromov, 28.Shuhrat Muhammadiev (14.Sharof Muhitdinov, 63), 34.Sherzod Nasrullaev (7.Adenis Shala, 69), 77.Oybek Bozorov (19.Stefan Cholovich, 46), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 2.Alibek Davronov, 17.Suhrob Nurulloev, 22.Igor Golban, 33.Bahodir Xalilov.

Ogohlantirishlar: Sherzod Nasrullaev 39, Ikrom Aliboev 62, Sharof Muhitdinov 67, Abror Ismoilov 75, Umar Eshmurodov 90+2. 

Chetlatish: Farruh Sayfiev 23. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+11. O'YIN TUGADI. "Neftchi" - "Nasaf" 1:0

90+2. Ogohlantirish. "Nasaf". Umar Eshmurodov 

90+1. ZARBAAA! Muhitdinovning kuchli zarbasi yo'liga Ro'ziev to'g'anoq bo'ldi 

90. O'yinga 10 daqiqa qo'shildi 

88. UXXX! Yana Nematov jarima maydonidan chiqib so'nggi himoyachi vazifasini bajarib berdi, Kojo to'pga egalik qila olmadi! 

85. O'zgarish. "Neftchi". Aliboev o'rniga G'ulomhaydar Gulyamov tushdi

84. UXXX! "Neftchi"ning hujumi, oldinga uzatilgan to'pni jarima maydonini tashlab chiqib kelgan Nematov boshi bilan qaytarib yubordi

81. Umar Eshmurodov hozir raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirdi

79. O'zgarish. "Neftchi". Abror Ismoilov o'rniga Quvondiq Ro'ziev tushdi

77. ZARBAAAAAAAA! Cholovich burchakdan to'pni uzatib berdi, Muhitdinov boshi bilan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!

75. Ogohlantirish. "Neftchi". Abror Ismoilov 

71. Zarba! Ikrom Aliboevning uzoqdan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Nematov to'pni ushlab oldi 

69. O'zgarish. "Nasaf". Nasrullaev o'rniga Shala tushdi 

63. O'zgarishlar. "Neftchi". Odilov va Kojo o'rniga Nimeli va Toshmirzaev tushdi

63. O'zgarish. "Nasaf". Muhammadiev o'rniga Muhitdinov tushdi

62. Ogohlantirish. "Neftchi". Ikrom Aliboev

59. ZARBAAAAAA! Cholovich hozir Odilovning xatosidan keyin to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, Otubanjo yana to'xtatmasdan darvozga zarba berdi, Botirali Ergashevdan seyv, qaytgan to'pni Cheran yaqin masofadan darvozaga yo'lladi, noaniq!

55. ZARBA! O'ng qanotdan Muhammadiev uzatgan to'pni Otubanjo to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, noaniq 

51. ZARBA! Kojoning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Nasaf". Bozorov o'rniga Stefan Cholovich tushdi 


45+4. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi 

45. ZARBAAAAA! Sardorbek Bahromovning kuchli zarbasidan keyin yana Botirali Ergashev seyv namoyish etdi! 

44. ZARBAAAAA! Shuhrat Muhammadievning kuchli va aniq zarbasidan keyin Botirali Ergashev to'pni qaytardi!

39. Ogohlantirish. "Nasaf". Sherzod Nasrullaev

35. O'zgarish. "Nasaf". Penalti olib kelgan himoyachi Zafarmurod Abdirahmatov o'rniga hujumchi Yusuf Otubanjo tushdi

30. UXXXX! Bahromov uzatgan to'pni Norchaev jarima maydoni ichidan darvozaga yo'lladi, to'p yo'liga Anvar G'ofurov to'g'anoq bo'ldi! 

28. GOL! Jamshid Iskanderov penaltidan hisobni ochdi - 1:0

26. PENALTI! "Nasaf" darvozasi tomon! Abdirahmatov Odilovni yiqitgani uchun

23. QIZIL KARTOCHKA! Farruh Sayfiev 

23. UXXXX!Farruh Sayfiev hozir Abdirahmatovning oyog'ini bosib ketdi, VARga murojaat qilinmoqda 

18. Xavfli vaziyat. Alisher Odilovning jarima maydoniga uzatgan to'piga Kojo eta olmadi, Iskanderovning zarbasi kuchsiz chiqdi, Nematovga bu qiyinchilik tug'dirmadi. 

15. "Nasaf" safarda bo'lsa ham to'pni ko'proq nazorat qilmoqda, "Neftchi" qarshi hujumda o'ynamoqda 

9. Alisher Odilov maydon markazida shifokorlar yordamiga muhtoj, unga shifokorlar yordam berishdi. 

8. Hozircha xavfli vaziyatlar yo'q, jamoalar bir birlarini o'rganishmoqda

1. O'YIN BOSHLANDI!

- "Paxtakor-79" xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlanmoqda 

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar