Superliga
18-tur
"Dinamo" – "Paxtakor" 1:1
Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00
Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Sardor Mirodilov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: To'rabek Suyunov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
Gollar: 1:0 – 19, Richard Fraydey (Jahongir Abdusalomov), 1:1 – 85, Bobir Abdixoliqov (Hojimat Erkinov)
"Dinamo": 13.Ravshan Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvar Hojimirzaev (23.Behruzbek Oblaqulov, 67), 16.Richard Fraydey (25.Oybek O'rmonjonov, 67), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (88.Marko Stanoevich, 90+2), 55.Dmitriy Pletnyov (9.Mirjahon Mirahmadov, 90+2), 99.Ulug'bek Hoshimov (37.Firdavs Abdurahmonov, 51)
Zaxira: 27.Edem Nemanov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov, 22.Ulug'bek Abdullaev
"Paxtakor": 19.Jonatan Luis, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Aziz Turg'unboev, 11.Igor Sergeev (18.Bobir Abdixoliqov, 81), 21.Bashar Resan (8.Diyor Xolmatov, 72), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Ibrohim Ibragimov, 61), 50.Flamarion (15.Hojimat Erkinov, 72), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 94.Brayan Riaskos (17.Dostonbek Hamdamov, 81)
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 2.Behruz Asqarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 77.Dilshod Saitov.
Ogohlantirishlar: Jahongir O'rozov (5), Hojiakbar Alijonov (9), Aziz Turg'unboev (41), Abdurauf Bo'riev (90+1), Hojimat Erkinov (90+10)
Chetlatish: Firdavs Abdurahmonov (90)
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'yin yakunlandi.
90+10. Erkinov ogohlantirildi.
90+9. Hamdamov hujumda darvozabonga fol ishlatdi.
90+5. Mirahmadovning jarima maydonidan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydon tark etdi.
90+2. "Dinamo"da ikki o'zgarish.
90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shildi.
90. Abdurahmonov qo'pollik uchun to'g'ridan-to'g'ri maydon chetlatildi.
85. GOL! Erkinovning chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va markazga pas berdi, Abduxoliqov to'pni darvozaga kiritdi.
81. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.
79. "Paxtakor-79" sharafiga muxlislar tomonidan qarsak chalindi.
77. "Dinamo" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Uzatmagan suniy ofsayd qurboni bo'lgan Riaskos noaniq zarba yo'lladi.
72. Hakam penalti belgilamadi. O'yin davom etadi. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.
70. Hakam VAR monitori orqali "Dinamo" darvozasiga ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda.
68. Zarba! Ratinoning zarbasini Luis egallab oldi. Keyingi hujumda Ibragimov noaniq zarba yo'lladi.
67. "Dinamo"da ikki o'zgarish.
64. Fraydey raqib posboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqqandi, ammo uning urinishi na zarbaga, na pasga o'xshadi.
63. Zarba! Alijonovning uzatmasidan so'ng Riaskos bosh bilan zarba yo'lladi, Yagudin to'pni egallab oldi.
61. "Paxtakor"da o'zgarish.
54. Alijonovning jarimadan uzatmasini mezbon himoyachilar qaytardi.
51. "Dinamo"da o'zgarish.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.
43. Ikki braziliyalik raqib – Ratino va Flamarion to'qnashib ketdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
41. Maydon markazida Fraydeyni qo'pollik evaziga to'xtatgan Turg'unboev ogohlantirildi.
39. Fraydey chap qanotdan oldinga bordi va yakunda burchak zarbasi ishladi.
36. Fraydeyning uzatmasi rekoshet hosil qilib, darvoza tomon yo'naldi. Luis qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
30. Zarba! Hojimirzaevning raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda yo'llagan zarbasi noaniq.
26. "Paxtakor" hujumlar tashkil etmoqda, ammo himoyachilar ishonchli harakat qilmoqda.
19. GOL! "Paxtakor" darvozaboni Jonatan Luisning to'pga chiqishda yo'l qo'ygan qo'pol xatosidan so'ng "Dinamo" yarim himoyachisi Richard Fraydey bo'sh qolgan darvozasini ishg'ol qildi.
18. "Dinamo"da standart vaziyat. Ijro noaniq.
Hakam VAR monitori orqali ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqdi va qarorini o'zgartirmadi.
9. Alijonov to'p uchun kurashda Hojimirzaevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.
6. Turg'unboevning zarbasini Yagudin egalladi.
5. Katta tezlikda raqib jarima maydoniga yorib kirayotgan Riaskos O'rozov tomonidan qo'pollik bilan to'xtatildi. Sariq kartochka.
2. Pletnyoning jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
1. O'yin boshlandi. "Dinamo" oq, "Paxtakor" to'q binafsharang libosda harakat qiladi.