Madrid klubi "Napoli" hujumchisi transferini elon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdilar.
Avvalroq bitim qiymati 22 million evroni tashkil etishi xabar qilingandi. Yana 4 million bonus sifatida berilishi mumkin.
Raspadori o'tgan mavsum A Seriyada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.