iks
ads


Levandovskining agenti: «Robert hamon jahon darajasidagi hujumchi bo‘lib qolmoqda»

  • Mr.NoBoDy14.11.2025 13:39
  • 42
  • 30

Kataloniyaning "Barselona" klubi 37 yoshli markaziy hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini yakunlamoqchi emas. Bu haqda polshalik futbolchining agenti Pini Zaxavi ma’lum qildi.

"Levandovskining faoliyatini yakunlashi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Robert hamon jahon darajasidagi forvard bo‘lib qolmoqda," - deya agentning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Levandovski 2022 yilning yozidan buyon Kataloniya grandida to‘p tepib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Robertning bozor narxi o‘n million yevroga baholanmoqda.

Hujumchi La Liganing joriy mavsumida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar