iks
ads


«Real», «Siti» va boshqa grand klublar «Nottingem Forest» yulduzi uchun kurashadi

  • Mr.NoBoDy14.11.2025 14:00
  • 45
  • 30

"Nottingem Forest" klubi yarim himoyachisi Elliot Anderson tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin.

Defensa Central xabariga ko‘ra, "o‘rmonchilar" qarorgohida "Real"ning Anderson bo‘yicha taklifini eshitishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Shuningdek, mish-mishlarga ko‘ra, 23 yoshli xavbekka "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Nyukasl" ham da’vogarlik qilmoqda.

Avvalroq, "Nottingem Forest" 114-137 million yevrolik taklif olsa, Andersonni sotishni ko‘rib chiqishga tayyorligi xabar qilingandi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 14 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida bitta gol va bitta assist bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar