iks
ads


Braziliyalik yarim himoyachi A Seriya grandlari nishoniga aylandi

  • Mr.NoBoDy14.11.2025 16:13
  • 54
  • 30

"Verona" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jiovane Santana Italiya chempionatining birdaniga bir necha klublari qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda Football-Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli braziliyalik vingerni Milanning "Inter", "Roma" va "Napoli" klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchining bozor narxi 15-20 million yevroga baholanmoqda.

Santana "Verona"ga o‘tgan yozda "Korintians"dan ko‘chib o‘tgandi. Vinger o‘nta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar