iks
ads


Donnarumma sabab "Siti" yozda sotib olgan iqtidorli darvozabon jamoadan ketib qolishi mumkin

  • Mr.NoBoDy14.11.2025 16:52
  • 48
  • 30

"Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Trafford jamoadagi holatidan norozi.

23 yoshli futbolchi iyul oyida "shaharliklar" safiga qaytgandi, biroq Janluiji Donnarumma kelishi bilanoq tezda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Jurnalist Tayron Marshallning yozishicha, yosh darvozabon muntazam o‘ynashni istaydi, shu bois uning tez orada ketish ehtimoli ancha yuqori. O‘zi uchun qadrdon bo‘lgan klubga qaytgan ingliz zaxira roliga rozi bo‘lishni rejalashtirmagan.

Jeyms Trafford transferi "Manchester Siti"ga 30 mln yevrodan ko‘proqqa tushgandi. Futbolchining shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

22 noyabr kuni Xosep Gvardiola jamoasi "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar