Asilbek Aliev - FIFA etirofida

  • Mr.NoBoDy 24.04.2025 11:48
  • 207
  • 30

FIFA rasmiy saytida 2025 yilgi U-17 Osiyo kubogida jamoasi safida yorqin o'yin namoyish etgan yosh futbolchilar qatorida O'zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi va turnirning eng yaxshi to'purari Asilbek Aliev ham etirof etildi.


“2025 yilgi Osiyo kubogi nafaqat mintaqaviy musobaqa, balki Osiyo futbolining kelajakdagi yulduzlarini kashf qilish uchun ajoyib maydon bo'lib xizmat qildi.

Yosh futbolchilar musobaqada o'z jamoalarining muvaffaqiyatli natijaga erishishi va FIFA U-17 Jahon chempionatiga yo'llanma olishi yo'lida o'zlarini barcha jihatdan namoyon eta oldilar.

Asilbek Aliev (O'zbekiston): Ushbu yosh iqtidor O'zbekistonning chempionlik yo'lida eng asosiy futbolchilardan biri bo'lib, hujum chizig'ini ishonch va sovuqqonlik bilan boshqardi. Musobaqaning dastlabki to'rt uchrashuvida u beshta gol urdi hamda ajoyib hujumchilik mahorati bilan ajralib turdi. Aliev yakunda musobaqa to'purari, shuningdek, Markaziy Osiyo futbolining eng yorqin kelajak yulduzi sifatida katta etirofga sazovor bo'ldi”, - deyiladi xabarda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar