David de Xea bir yil futbolsiz qolgani haqida: "Hayotimdagi eng yaxshi yil bo'ldi"

  • Mr.NoBoDy 27.03.2025 23:56
  • 75
  • 30

"Fiorentina" posboni David de Xea futbolsiz o'tgan bir yilida hayotdan ko'proq zavq olganini aytdi.

Ispaniyalik kiper 2023 yilning yozida "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etganidan keyin 1 mavsum mobaynida futbol jamoalarida ko'rinish bermadi. 2024 yil yozida u "Fiorentina" bilan shartnoma imzoladi.

"Uzoq yillar davomida katta tempda o'ynaganim uchun shunchaki tinchlanib olish kerak edi. Balki, bu hayotimdagi eng zo'r davr bo'lsa kerak.

Nihoyat, so'nggi 15 yilda kam ko'rishgan oilamga, do'stlarimga vaqt ajrata oldim. Madrid, Manchesterni aylandim. Miyam va tanamni anchagina shug'ullantirib oldim", - dedi de Xea.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar